Ommaviy oferta
«ZAKOTIM» zakot kalkulyatori xizmatlaridan foydalanish bo'yicha
Mazkur oferta «ZAKOTIM» NTM (keyingi o'rinlarda - "Ijrochi") tomonidan taqdim etiladigan zakot hisoblash xizmatlaridan foydalanish shartlarini belgilaydi. Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ilovadan yoki veb-platformadan foydalanish orqali foydalanuvchi mazkur ofertaning barcha shartlariga to'liq va so'zsiz rozilik bildiradi (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2016 yildagi 185-son qarori 30-bandiga muvofiq aksept).
1. Umumiy qoidalar
"Zakotim" - fiqh qoidalariga asoslangan zamonaviy zakot kalkulyatori bo'lib, foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumotlar asosida zakot miqdorini hisoblaydi.
Hisob-kitoblar O'zbekiston musulmonlari idorasi (ДУМ Узбекистана) xulosasi asosida tasdiqlangan metodologiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oltin va valyuta kurslari O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida yangilanadi.
Ilova faqat hisob-kitob vositasi hisoblanadi va diniy fatvo berish funksiyasini bajarmaydi. Bunda, Ijrochi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.09.2019 yildagi PQ-4436-sonli Qonunining 3 - "a" bandining 2-xatboshisiga muvofiq, dinning gumanistik mohiyatini targ'ib qilish uchun davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga yordam beradi.
2. Foydalanuvchi majburiyatlari
Foydalanuvchi kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligi va haqiqiyligiga shaxsan javob beradi.
Zakot miqdori foydalanuvchi tomonidan kiritilgan aktivlar (naqd pul, oltin, investitsiya va boshqalar) asosida hisoblanadi.
Foydalanuvchi tizimdan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3. Shaxsiy ma'lumotlar
Hisob-kitob natijalarini saqlash va kelgusida qulay foydalanish uchun tizim foydalanuvchining telefon raqami yoki UserID ma'lumotlarini so'rashi mumkin. Ushbu ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.10.2022 yildagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq ishlov beriladi.
Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga foydalanuvchi roziligisiz berilmaydi, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoya qilinadi ("Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonunining 19-moddasi).
Ma'lumotlar faqat xizmat sifatini yaxshilash va foydalanuvchiga texnik yordam ko'rsatish maqsadida ishlatiladi.
4. Javobgarlik
"Zakotim" foydalanuvchi tomonidan noto'g'ri kiritilgan ma'lumotlar oqibatida yuzaga kelgan xatoliklar uchun javobgar emas.
Hisob-kitob natijasi tavsiya xarakteriga ega bo'lib, diniy maslahat yoki fatvo hisoblanmaydi.
5. Ijrochi rekvizitlari
«ZAKOTIM» NTM
Hisob raqam: 2020 8000 5073 6932 6001 (UZS)
Bank: «ALOQA BANK» AT IT Park HKXKM
MFO: 00401
STIR: 311910429
IFUT: 85600
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Namuna MFY, Zarqaynar ko'chasi, 14-berk ko'chasi, 75a-uy
Rahbar: Xusnidinov Muzaffar Samaritdinovich
