Posted on / by admin / in Uncategorized

Zakotni oldindan to‘lash

Aksariyat olimlarning fikriga ko‘ra, hozirgi koronavirus bilan bog‘liq inqirozni yumshatish uchun zakotni muddatidan oldin to‘lash mumkin (baʼzi olimlar qo‘shimcha shartlar qo‘yishgan bo‘lsada, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abbos (r.a)ga zakotni oldindan to‘lashga ijozat berganlar (Termiziy rivoyati). Buning hikmati va foydasi shubhasizdir; Dunyoda vaziyat va sharoitlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi, ehtiyojlar kutilmaganda paydo bo‘ladi, yordam ham yilning istalgan paytida kerak bo‘lishi mumkin.

Oldindan to‘langan Zakot esa favqulodda vaziyatlarda Zakotdan tushgan mablag‘larni (muxtojlarga) tezroq tarqatish imkonini beradi. Zakot, iqtisodiy rag‘batlantiruvchi, juda kuchli ijtimoiy taʼsirga ega moliyaviy vosita bo‘lib inson taraqqiyoti jamg‘armasi sifatida katta ahamiyatga egadir. Zakot favqulodda vaziyatlarda va ehtiyoj eng yuqori bo‘lgan (zarur) vaqtda berilsa (qo‘llanilsa), uning taʼsiri juda katta bo‘ladi.

Yilning uchinchi yoki to‘rtinchi choragida zakot to‘lashi kerak bo‘lgan har bir kishi, COVID-19 koronavirusi tarqalgan xozirgi favqulodda holatda o‘z zakotini oldindan berib, dunyoni qiyinchiliklar taʼsiridan tezroq chiqishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin*. Albatta bunda zakot to‘lovchi, zakot to‘g‘ri to‘langanligiga ishonch hosil qilish uchun zakot to‘lash muddati kelganda yana bir bor hisob kitob qilib chiqishi muhimdir**. Va nihoyat muhim eslatma: Zakot bilan cheklanish kerak emas – bu boyligingizni 2,5 foizi xolos!

Mufti Faraz Adam, “Amanah Finance Consultancy” kompaniyasining (Buyuk Britaniya) Ijrochi direktori

Manba: https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:activity:6650277155861209088/


* bu xuddi xalqimizning aksariyat qismi zakotni to‘lash muddati kelmagan bo‘lsa ham qo‘shimcha savob umidida Ramazon oyida to‘lashi kabidir;
** bizning fikrimizcha kishilar yillik zakotining kattaroq qismini hozir, qolgan qismini esa to‘lash vaqti kelganda yana bir bor hisob-kitob qilib to‘lashi ham mumkin.