Rum surasi, 39-oyat Zakot bering, o'zingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida topasiz Zakotni hisoblash Allohning Yuzini — roziligini istab ato etgan zakotlaringiz — ana o‘sha (zakot berguvchi kishilar ajru-savoblarini) bir necha barobar qilib olguvchilardir. Zakot qo‘llanma
Zakot nima?
Zakot – islomning besh ustunidan biri boʻlib, musulmonlar bajarishi lozim boʻlgan farzdir. Zakotning bir qator individual va ijtimoiy maqsadlari boʻlib, asosiy urgʻu musulmonlar orasida nafsni idora qilish va jamiyatda boylikni adolatli taqsimlanishiga qaratilgan.
Nisob miqdoridan oshgan mulk umumiy summasining 2,5%i zakot uchun farz boʻladi. Hozirda nisob miqdori 595 gr. kumush yoki 85 gr. oltin sifatida belgilangan.