Loyiha haqida

Biz kimmiz?

Maqsadimiz Oʻzbekistonda zakot tushunchasi, uning qoʻllanilishini, ahamiyati va boshqa maʼlumotlarni tushunarli tarzda yoritish. Zakot toʻlovchilarga oʻz mol-mulklarini toʻgʻri hisoblashda va oʻz vaqtida toʻlashda yordam berish.

Лойиҳа ҳақида

Bizning jamoa

Jamoamiz islom moliyasi sohasida yetarlicha tajribaga ega boʻlgan mutaxassislardan tashkil topgan.

Xondamir Nusratxo‘jayev
Xondamir Nusratxo‘jayev
Muzaffar Husniddinov
Muzaffar Husniddinov
Muzaffar Nazirov
Muzaffar Nazirov
Abdulloh Shamsutdinov
Abdulloh Shamsutdinov
Лойиҳа ҳақида
Лойиҳа ҳақида

Nazorat hayʼati

“Zakotim” loyihasi sharʼiy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan Oʻzbekistondagi ulamolardan iborat hayʼat tomonidan nazorat qilinadi.

Hay'at a'zolari

Hayʼat aʼzolari “Zakotim” loyihasiga oʻzlarining bilim va tajribalari orqali yordam berib kelmoqdalar.

Muhammad Ayyubxon Homidov
Muhammad Ayyubxon Homidov
Mubashshir Ahmad
Mubashshir Ahmad
Yahyo Razzoqov
Yahyo Razzoqov

O‘zbekiston musulmonlari idorasining xulosasi

Лойиҳа ҳақида

Koʻp beriladigan savollar

Zakot islomning besh ustunidan biri boʻlib, musulmonlar bajararishi lozim bo‘lgan farzdir (u na ixtiyoriy sadaqa yoki soliqdir). U har qamariy yilda shaxs boyligining 2.5% miqdorida (ba’zi holatlar bundan mustasno) berildigan to‘lovdir. Zakotning asosiy maqsadlaridan biri – shaxsning o‘z nafsini idora qilish hamda ilohiy tartibni o‘z nafsidan yuqori qo‘yishni mashq qilish bilan bir qatorda – badavlat kishilarni nopok mulkdan va gunohdan saqlashdir.

Bir shaxsning zakot to‘lashi uchun quyidagi barcha shartlar bo‘lishi/bajarilishi lozim:

1. Shaxs – musulmon, balog‘atga yetgan, oqil va hur bo‘lishi kerak.
Ushbu shaxs hojati asliyadan (kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, uy-ro‘zg‘or anjomlari, idish-tovoqlar, avtomobillar va h.k.) ortiqcha mol-mulkka (nisobga) to‘liq egalik qilishi kerak.

2. To‘liq mulkka egalik qilish deganda shaxsning u mulkka konstruktiv, qonuniy tarzda egalik qilishi hamda shu bilan birga u mulkni istaganicha tasarruf qilish jumladan istalganda sota olishi tushuniladi.

3. Ushbu shaxs – nisobdan ortiq mulkka to‘liq bir qamariy yil egalik qilishi kerak (Havl).

4. Mulk fe’lan va taqdiran o‘suvchi bo‘lishi kerak (misol uchun oltin, kumush, chorvadorlik kabi daromad olish mumkin bo‘lgan foydali mol-mulk).

5. Ushbu mulk qarzdan holi bo‘lishi kerak

Qur’onda zikr qilinganidek, zakot berilishi mumkin bo‘lgan sakkiz toifa mavjud:

1. Faqir-kambag‘allar: Boyligi asliy ehtiyojdan ortiq, lekin nisob miqdoridan past bo‘lganlar.

2. Miskinlar: hech qanday boylikka ega bo‘lmagan o‘ta kambag‘al odamlar.

3. Zakot omili – zakot yig‘uvchilar

4. Qalbi ulfat qilinadiganlar toifasi – Islomga kirishdan yoki Islomda sobit bo‘lishidan umid qilayotgan kishilar hamda Islom yoʻlida xizmat qilayotganlar. (Hozirgi kunga toʻgʻri kelmaydi, chunki bunday kishilarni topish ishlari hukumat darajasida amalga oshirilishi kerak)

5. Qullar toifasi (Hozirgi kunda amal qilinmaydi)

6. Ibn sabil toifasi – musofirlikda qiyin ahvolga tushib qolgan kishi

7. Qarzdorlar toifasi – qarzlari mol-mulkidan ortiq bo‘lgan yoki sof aktivlari nisobga yetmagan shaxs.

8. Fisabilillah toifasi – Allohning yo‘lida o‘z yurtiddan uzoqda bo‘lganlar, jumladan, ilmi toliblar yoki Hajda adashib qolgan muhtoj kishilar.

Nisob – bu mulkning eng kam miqdori bo‘lib, undan oshganda uning egasiga zakotni farz qiladi.

Turli xil aktivlar uchun turlicha nisoblar mavjud. Masalan, pulga nisob 85 gramm oltin.

Zakot, vojib bo‘lganidan keyin imkon qadar qisqa vaqt ichida berilishi kerak, zero vafot etib qolsa, o‘z majburiyatini bajarmasdan vafot topgan bo‘ladi.

Zakot farz bo‘lishi uchun mol nisobga yetgan holda bir yil muddatda nisobdan kamaymay turishi kerak. Hanafiy mazhabi bo‘yicha, yilning boshi bilan oxirida nisobga yetgan bo‘lsa, yetarli.

Yo‘q. Zakot to‘lovini kechiktirish gunoh chunki bu mulk egasining mulki emas balki muhtojlarning haqqi hisoblanadi. Zakot to‘lov kuni kelganda uni kechiktirmasdan to‘laligicha to‘lash kerak. Favqulodda holatlar yoki shar’iy uzrli sabablar holati bundan mustasno.

Loyihaga qoʻshilish